ZAR DONISH kompaniyasi - 2004 yil Toshkent shahrida tashkil etilgan.  Kompaniyamiz o‘z faoliyatining boshidan mashhur va eng ulug‘ britaniyalik - Macmillan Education nashriyoti bilan hamkorlikni yuritib kelmoqda. Hozirgi vaqtda biz mashhur: Macmillan Education, Cambridge University Press & Assessment, HarperCollins Publishers, Express Publishing, Springer, Hueber Verlag, Klett Sprachen, Hachette Livre, Didier FLE, CLE International nashriyotlarning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori hisoblanamiz.  Shuningdek, 2021 yildan boshlab biz O‘zbekistonda TOEFL administratsiya qilish bilan shug‘ullanib, ETS (Educational Testing Service) dasturining rasmiy hamkori hisoblanamiz.

 

 .             .  

 

Asl darslikni qalbakisidan qanday farqlash mumkin? Keling, birgalikda kontrafakt mahsulotlarga yo‘q" deymiz! Qalbaki Macmillan Education mahsulotlarining belgilari bo‘lib: arzon narx, o‘quv qurolining muqovasida raqamli kodning mavjud emasligi, darslik bilan birgalikda audiodisklarning mavjudligi hisoblanishi mumkin (Macmillan Education nashriyotining zamonaviy o‘quv qurollari faqat raqamli ilovalarga kirish kodi bilan chiqariladi).  O‘zbekistonda Macmillan nashriyotining rasmiy distribyutori ZAR DONISH kompaniyasi hisoblanadi. Uning firma do‘koni Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Chingiz Aytmatov ko‘chasi, 1 A manzili bo‘yicha joylashgan "Macmillan Bookshop" (Tel.: (71) 235-33-66, E-mail: macmillbookshop@mail.ru)  hisoblanadi.